Xabarlar

OILA DAVRASIDA KITOBLAR O‘QILSA, ODOB-AXLOQDAN SO‘Z BORSA...

26-03-2020 13:53   8

Karantin sababli uzaytirilgan ta'til kunlari ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi yaqinlik bir necha barobar oshdi, desak ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Negaki oila davrasida barcha jamul-jam. Bir-birini tinglash, mehr ko‘rsatishga vaqt yetarli. Xo‘sh, ushbu bo‘sh vaqtimizni qanday o‘tkazyapmiz? Ota-ona farzandining maktabda qanday bilim olayotgani, savodi, kitobxonligiga qiziqib ko‘ryaptimi? Tarbiyasi, o‘zini tutishi, odob-axloqigachi? Boladagi ushbu muhim xislatlar to‘la-to‘kis o‘qituvchining zimmasiga tushib qolgan ayni paytda ota-onalarimiz ustozning mashaqqatini his etyaptimi?


USTOZNING MATLABI - EZGULIK

12-03-2020 13:01   53

Hayotda shunday odamlar bo‘ladiki, o‘z hayotiy matlabini, insoniy maqsadlarini o‘zgalar manfaatiga, ezgulik va oliyjanoblik sifatlarining ijobatiga baxshida etadilar. Bunday buyuk qalb sohiblari bosib o‘tgan umr yo‘li keyingi avlodlar uchun ibrat maktabiga aylanadi. Ana shunday fidoyi insonlardan biri- zamondoshimiz Erkin Tolipovdir.


20 nafar o‘quvchimiz Italiyada o‘tkaziladigan HIPPO xalqaro ingliz tili fan olimpiadasida qatnashadi. Agar...

11-03-2020 06:47   36

Joriy yilning fevral oyida Samarqand shahridagi 37-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida HIPPO – Xalqaro ingliz tili fani olimpiadasining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tgan edi. Unda viloyatimizdagi umumta'lim maktablarining 1-11 sinf o‘quvchilari ixtiyoriy ravishda ishtirok etgandi.


MEMORANDUM TARBIYALANUVCHILARNING ORZU-UMIDLARINI RO‘YOBGA CHIQARMOQDA

10-03-2020 12:52   39

Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbusining ijrosini ta'minlash, Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining iqtidorini ro‘yobga chiqarish, ular o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishining oldini olish, tarbiyalanuvchilar uchun boshqa tengdoshlari bilan teng sharoit yaratish maqsadida 2019 yil yakuni arafasida viloyat prokuraturasi hamda xalq ta'limi boshqarmasi Jismoniy tarbiya va sport jamg‘armasi viloyat bo‘limi, bolalar musiqa va san'at maktablari, qator nodavlat o‘quv markazlari bilan hamkorlikda Memorandum imzolangan edi.


XALQARO BAHOLASH DASTURIGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR

06-03-2020 09:00   36

Samarqand shahridagi 23-umumta'lim maktabida PISA xalqaro tadqiqotlariga tayyorgarlik ko‘rish, bu borada o‘qituvchilar malakasini oshirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Unda umumta'lim maktablari direktorlarining o‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, boshlang‘ich sinf, aniq va tabiiy fanlar o‘qituvchilari, metodistlar ishtirok etdi.


BILIMSIZ VA LYOYOQATSIZ BOLA BO‘LMAYDI Xalqaro baholash dasturlariga tayyorgarlik jarayonlarida bu o‘z isbotini topmoqda

04-03-2020 10:20   43

Paxtachi tumanida PISA va PIRLS xalqaro baholash dasturlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha viloyat o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.


Ijtimoiy tarmoqlarda “Maktab ma'muriyati muqova sotib pul ishlamoqda” nomli postga Toyloq tuman xalq ta'limi bo‘limining munosabati

04-03-2020 06:01   52

Joriy yilning 3 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Maktab ma'muriyati muqova sotib pul ishlamoqda” sarlavhali post e'lon qilindi. Unda Toyloq tumanidagi 3-umumta'lim maktabi ma'muriyati o‘quvchilarga daftar muqovasini 1000 so‘mdan majburan sotayotganligi iddao qilingan.


O‘zbekiston “Ma'rifatparvarlar” jamiyati Samarqand viloyat bo‘limining ijtimoiy tarmoqlarda o‘qituvchilar oyligidan majburiy badal talab qilinayotganligi to‘g‘risida tarqalgan ma'lumotlarga munosabati

28-02-2020 10:52   40

Joriy yilning 27 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan O‘zbekiston “Ma'rifatparvarlar” jamiyati Bulung‘ur tuman hududiy bo‘linmasi tomonidan majburiy badal to‘lovlari talab qilinayotganligi to‘g‘risida ma'lumot tarqaldi.


Hay'at yig‘ilishi viloyat xalq ta'limi tizimidagi muammolarga oydinlik kiritib, mas'uliyatni oshirdi

26-02-2020 09:13   36

Samarqand viloyati xalq ta'limi boshqarmasining joriy yildagi ilk hay'at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Videoselektor tarzida o‘tkazilgan mazkur yig‘ilishda viloyat xalq ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi barcha umumta'lim muassasalari, bo‘limlar hamda boshqarmaning rahbar xodimlari, o‘qituvchilar ishtirok etdi.


Urgut tuman xalq ta'limi bo‘limiga qarashli 45-umumta'lim maktabining isitish tizimidagi muammolar yuzasidan internet va ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan tanqidiy maqolaga munosabat

24-02-2020 14:15   40

Joriy yilning 8 fevral kuni Kun.uz sayti orqali Urgut tuman xalq ta'limi bo‘limiga qarashli 45-umumta'lim maktabidagi isitish tizimi bilan bog‘liq muammolar aks etgan “Isitish zo‘r, termometr buzuq, murojaatchi «tuhmatchi» — Urgutdagi maktab qishni qanday o‘tkazmoqda?” nomli maqola e'lon qilingan edi. Maktabdagi holat yuzasidan ota-onalar tomonidan viloyat hokimining telegram messenjeriga ham murojaat qilingan.


 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing