Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Til va ta'lim: muammolar, istiqboldagi vazifalar

2017 yil 12 dekabr kuni viloyat “Barkamol avlod” bolalar markazida “Til va ta'lim: muammolar, istiqboldagi vazifalar” mavzusida filologiya fanlari o‘qituvchilarining viloyat  Forumi o‘tkazildi.

Tadbirning tantanali ochilish marosimidan so‘ng sho‘ba yig‘ilishlari boshlandi. Unda yaqinda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘tkazilgan shu mavzudagi filologiya fanlari o‘qituvchilarining respublika  Forumida ishtirok etgan viloyatdagi ona tili va adabiyot, rus tili va adabiyoti hamda ingliz, nemis, fransuz tillaridan trener o‘qituvchilar ko‘rgazmali ma'ruzalar qilib, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Jumladan, Ishtixon tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabining ona tili  va adabiyot fani o‘qituvchisi F.Tog‘ayeva “Ona tili darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil etish”, Samarqand shahrida 28-umumta'lim maktabining ona tili  va adabiyot fani o‘qituvchisi M. Tariyeva “Adabiyot darslarida o‘quvchilarni asar tahliliga o‘rgatish usullari”, Samarqand shahridagi 1-umumta'lim maktabining o‘zbek tili fani o‘qituvchisi A. Akilova “Darslarni multimedia vositalari asosida o‘tishning samaradorligi”, Samarqand shahridagi 51-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabining o‘zbek tili fani o‘qituvchisi N. Amonova “Ta'lim-tarbiyaga yangicha yondashish — bugungi kunning talabi”, ushbu maktabning nemis tili fani o‘qituvchisi F.Abdunazarov “Chet tili fanlari darslarida zamonaviy axborot texnologiyalarini keng qo‘llash”, Samarqand tumanidagi 43-umumta'lim maktabi tojik tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi S.Aliyeva “O‘qitishga yangicha yondashish — davr talabi”, Samarqand shahridagi 42-umumta'lim maktabi  ingliz tili  fani o‘qituvchisi Z.Rustamova “Chet tillarini o‘qitishda til kompetensiyalarini teng qo‘llashning samaradorligi”, Kattaqo‘rg‘on shahridagi 13-umumta'lim maktabi rus  tili  va adabiyoti fani o‘qituvchisi M.Zubaydullayeva “Integrirovannie uroki russkogo yazika i literaturi”, Jomboy  tumanidagi 26-umumta'lim maktabining rus  tili  va adabiyoti fani o‘qituvchisi H.Sharipova “Sovremennie obrazovatelnie texnologii obucheniya russkomu yaziku v shkolax s uzbekskim i drugimi yazikami obucheniya” mavzularida ma'ruzalar qilishdi.

Sho‘ba yig‘ilishlaridan so‘ng Forumning yalpi  yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda viloyat xalq ta'limi boshqarmasi metodika bo‘limi boshlig‘i D.Saydullayeva ma'ruza qilib, umumta'lim maktablarida filologiya fanlarini o‘qitishning samarali usullarini keng qo‘llash, bu borada davlat ta'lim standartlariga rioya qilish masalalariga to‘xtalib, Forumda o‘z ma'ruzalari bilan faol ishtirok etgan o‘qituvchilarga viloyat xalq ta'limi boshqarmasining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Viloyat “Barkamol avlod” markazi badiiy havaskorlik to‘garagi a'zolari tomonidan tayyorlangan badiiy qism namoyishi tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.


Kiritilgan vaqti: 12/12/2017 11:55;   Ko‘rilganligi: 377
 
Material manzili: http://www.samvxtb.uz/oz/press/news/til-va-talim-muammolar-istiqboldagi-vazifalar
Chop etilgan vaqti: 29/03/2020 14:37
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing